«Tokio qasoskorlari»: «Uch titan urushi» arkasi oktyabrda efirga chiqadi
Takemichining yangi jangi: animening to‘rtinchi fasli — «Uch titan urushi» arkasi oktyabr boshida efirga chiqadi.
234 ko‘rish

«Tokio qasoskorlari» animesining to‘rtinchi fasli — «Uch titan urushi» (Santen Sensō) arkasi 2026-yil oktyabr boshida efirga chiqadi.
Nimalar ma’lum
- To‘rtinchi fasl ilk bor 2024-yil iyunida e’lon qilingan edi
- Rejissyorlikka Maki Kodaira keldi; oldingi fasllar rejissyori Koichi Hatsumi endi ssenariy ustida ishlaydi
- Voqealar Tokioning uchta eng kuchli to‘dasi o‘rtasidagi urush atrofida kechadi
Takemichi do‘stlarini qutqara oladimi — tez orada bilamiz.
Oldingi fasllarni takrorlab oling: «Tokio qasoskorlari».